Time jurnali e'tirofiga köra, Barbi qöğirçoqlaridan Xitoy kosmik laboratoriyasi, şirin kartoşkadan lego-protezlarigaça bölgan joriy yilning eng yaxşi ixtirolarini e'tiboringizga taqdim etamiz. Eng yoqimlisi şundaki, bu kelajak mahsulotalarini şu kunlarda xarid qiliş mumkin!

1. Flyte kompaniyasidan muallaq turuvçi çiroq. U elektromagnetizm va energiyani simsiz uzatiş orqali işlaydi.

2. Morpher kompaniyasidan velosiped uçun yiğiluvçi dubulğa. Oddiy dubulğalar kabi yaxşi himoya vositasi hisoblanadi, şuningdek, noutbuklar uçun sumkaga ham siğadi.

3. Tesla va SolarCity’dan quyoş batareyalari. Endilikda uy körinişini buzib turuvçi panellar emas, balki çiroyli tom körinişida böladi.

4. Öz-özini boğlovçi Nike Hyperadapt 1.0 krossovkalari. Endi boğiçlarga köp vaqt yöqotişni keragi yöq, tugmaga bosilsa böldi.

5. AP Thailanddan notöğri şakldagi futbol maydonlari. Gavjum Bangkok şahridagi foydalanilmayotgan yerlarni sport maydonlariga aylantiradi.

6. PlayStation VR virtual reallikga tuşişning arzon va oson yöli. Bizning olamimiz endi heç qaçon avvalgidek bölmaydi...

7. Hmbldt Vape Pens tibbiy marixuana ingalyatorlari. Uyqusizlik yoki boş oğriğiga qarşi foydalaniladigan dori vositalari örnini bosadi.



































