Los-Anjyelesda joylaşgan RoMeLa laboratoriyasi olimlari antiqa robot BALLU’ni loyihalaştirişdi. Bu robot oyoqlarga ega havo şaridan iborat, deb xabar bermoqda N+1.

Insonga öxşaş robotlar katta vazni sababli oyoqda yaxşi tura olmaydi. Katta maşina ağdarilsa, işdan çiqişi mumkin. Boston Dynamics kompaniyasining robotlari barqarorligi bilan ança farqlanadi, ularda 4 ta mexanik oyoq bor.

BALLU esa havo şariga mahkamlangan ikkita oyoqdan iborat. Robotning mexanik tovonida barça elektronika va akkumulyator joylaştirilgan. Robot konstruksiyasi havodan oğirroq va şu hisobiga muvozanatini uşlay oladi. Robot masofadan turib boşqariladi.

Oyoqlarga ega havo şari istalgan tomonga yura oladi, sakraydi va zinalardan kötarila oladi. BALLU hattoki suv ustidan yura oladi va balandlikdan sakray oladi. Biroq robot konstruksiyasining yengilligi uni şamolda boşqarişga imkon bermaydi.