Avstraliyada jala keltirib chiqargan kuchli astma xuruji sababli 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, kuchli shamol va yomg‘ir Viktoriya shtatida yuqori namlik raygras o‘simligi gulchanglarini tarqalishga majbur qilishiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida astmadan aziyat chekuvchilarda kuchli astma xuruji boshlangan. Bu holat 6 kishining umriga zomin bo‘lgan. Astmaning bu turi "jala astmasi" deb ham ataladi.
Shunga o‘xshash alomatlar kuzatilayotgan yana 5 kishi jadal tibbiy yordam olmoqdalar, yana uch kishining ahvoli og‘ir, deya baholangan.















