Maşoyixlarimiz aytadi: “Birov-birovni yomonlayapti, öşa yomonlayotgan tomonga yomonlanayotgan tomon gapiryapti: “Sen menda nimani körayotgan bölsang, bilginki, bu seniki. Men senda nimani körsam, u meniki böladi”. 

Ya'ni, haqiqat qanday nigoh bilan qaraşga boğliqdir. Siz birovda kibrni körayapsizmi, unga nisbatan mutakabbir, degan da'voni qilayapsizmi, bilingki, kibr özingizda böladi. Bir olim kişi aytdilarki: “Tilingni birovlarning aybini izlaş bilan bulğama. Til sendan boşqada ham bor. Gunoh, ayb senda ham bor. Balki gunoh qilayotgan odamning aybi oxirgisi bölişi mumkin. Balki sening ibodating ham sen uçun oxirgisi bölişi mumkin”.

“Gunohkorlar va jamiyatning yomon kişilaridan yaxşi gumonda böliş avliyolarning işidir”, deganlar ulamolar. Bu ulkan qoida. Odamlar orasida munosabatlarning töğrilanişiga xizmat qiladigan qoida. Siz birovga qaraganingizda özingizni körasiz. Sizga kimdir qarasa, u özini köradi. Şu sabab, darrov xulosa çiqarişga şoşilmaslik lozim.

Bir şayxdan yoş yigit söradi: “Ey Şayx, namozni tark etgan odamning hukmi nima böladi?” Yigit bu bilan bir benamozni mot qilişni maqsad qilgan edi. Şayx maşoyixlarga xos tarzda javob qaytardilar: “Namozni tark etgan odamning hukmi uni özing bilan masjidga olib borişingda. Sen qozi bölma, balki da'vat qilguvçi böl”.

Eng yaxşi qozi Allohdir. Uning özi dunyo va oxiratda hukm qiladi. Bizning işimiz birov uçun qozi böliş emas, aksinça bizning vazifamiz da'vat qiliş, yaxşiliklarga çaqirişdir. 

Rahmatulloh Sayfuddinov
Yunusobod tumani boş imom-xatibi,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi