Eron transport vaziri örinbosari, davlat temir yöl kompaniyasi rahbari Muhsin Poor-Seyyed Agxayye Semnan provinsiyasida ikkita yölovçi poyezdining töqnaşib ketişi voqeasi sabab iste'fo berdi. Bu haqda “Frans Press” xabar bermoqda.
Avvalroq kompaniyaning uç xizmatçisi mazkur voqea sabab qölga olingani xabar berilgan edi. Agentlik ma'lumotiga köra, jami tört kişi hibsga olingan.
Agxayye mahalliy televizion kanallaridan biridagi çiqişi vaqtida iste'fo bergan. Uning ta'kidlaşiça, mazkur fojiaga inson şaxsining aybi yotibdi.











