Alloh taolo nikohni muqaddas rişta, deya e'lon qilib, behuda sabablar ila ajraşişdan qaytargan. Ammo ba'zi holatlarda ajrimga ruxsat berilgan.
Islom şariatiga köra ajrim ikki xildir:
1. Şar'iy ajrim
2. Qazoiy (qozi tomonidan böladigan) ajrim
Şar'iy ajrimda iylo, lion, zihor, dindan çiqiş, er-xotindan birining Islomdan çiqişi ila oralari ajratiladi. Uşbu şar'iy ajrimlar fiqh kitoblarida batafsil, köp va xöb bayon qilingan.
Qazoiy ajrimga tört fiqhiy mazhablarga köra, quyidagilar sabab böladi: nafaqa qilişdan ojizlik, er-xotindagi ayb, zarar, yomon oilaviy munosabatlar, erning ğoyib bölişi hamda qamoq. Uşbu masalalar qozining hukmiga boğliq böladi.
Nafaqadan ojiz böliş. Hanafiy mazhabidan boşqa uç mazhab, ya'ni molikiy, şofe'iy va hanbaliy mazhablarida nafaqadan ojiz böliş er-xotin ajratilişiga sabab böladi.
Ammo, hanafiy mazhabiga köra, nafaqadan ojizlik sababli er xotin orasi ajratilmaydi. Çunki er goh boy, goh noçor holatda böladi.
Zero Alloh taolo aytgan:
“Boy kişi öz boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan(kambağal) bölsa, u holda, Alloh unga ato etgan narsadan (holiga yaraşa)nafaqa bersin! Alloh heç bir jonni Özi unga ato etgan (rizq)dan boşqa narsaga taklif qilmas. Alloh tanglik (kambağallik)dan keyin yengillik(boylik)ni ham paydo qilur” (Taloq, 7 oyat).
Agar er boy bölib, nafaqa qilmayotgan bölsa, ajrimdan boşqa yöllar qilinadi, masalan qamab qöyiladi yoki majburan moli nafaqa uçun sotiladi.
Ayb va kasallik. Abu Hanifa va Imom Muhammad uç jinsiy kasallik sababidan er-xotin orasi ajratiladi, deyişgan. Ular:
1. Majbub – erkak jinsiy a'zosi kesilgan bölişi;
2. Unna – jinsiy ojiz böliş;
3. Xasy – biçilgan böliş. Mana şu holatlardagina xotin qoziga şikoyat qilib, ajrim talab qilişga haqli.
Bunda qozining nikohni fasx – bekor qilişi boin taloq böladi.
Avvalo, erkak kişidagi bu uç holat oila bölib yaşaş, oiladan közlangan maqsadga xalal beradi. Şunda xotin eri biçilgan yoxud jinsiy ojizligi sababli qoziga arz qilişga haqli böladi. Qozi erkak kişiga bir qamariy oy hisobida muddat beradi. Çunki erkaklardagi ojizlik bir mavsumda paydo bölib, boşqa bir mavsumda yöqolib, holat önglanişi mumkin. Körinib turibdiki, muqaddas oila riştasi behuda sabablar bilan uzib, baxt qasri esa buzib yuborilmaydi.











