«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino ikki öyinga diskvalifikatsiya qilinişi mumkin.
U Angliya çempionati 13-turida «Vest Hem Yunayted»ga qarşi öyinning birinçi bölimida qizil kartoçka olib maydonni tark etgan edi.
Telegraph naşrining yozişiça, endilikda, boş murabbiy özini munosib tuta olmagani uçun ikki öyinga çetlaştirilişi mumkin.
Portugaliyalik mutaxassis öyin boş hakami Jonatan Mossning qaroriga norozilik bildirgani sababli qizil kartoçka bilan siylangan edi. Moss keskin kuraşlar bilan keçayotgan bahsning 27-daqiqasida simulyatsiya uçun Pol Pogbaga sariq kartoçka körsatganiga javoban qiziqqonlik qilgan Mourino suv idişni tepib, yordamçi hakamga öz noroziligini bildirdi.

Şundan söng, Moss boş mutaxassisni öyinni tribunadan kuzatişi uçun maydondan çetlatdi.











