Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bugun, 28 noyabr kuni Özbekistonning 12 viloyatida hamda Qoraqalpoğiston avtonom respublikasida boğdorçilik sohasidagi ta'minot zanjirini rivojlantiriş uçun 154 million AQŞ dollari miqdorida zayom taqdim etişini tasdiqladi. Bu haqida OTBning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
"OTB zayomi boğdorçilik bilan şuğullanuvçi fermerlar hamda bu sohaga jalb qilingan korxonalarga yordam beradi", - dedi OTBning Markaziy va Ğarbiy Osiyo Mintaqaviy departamentining tabiiy resurslar böyiça katta iqtisodçisi Bui Minx Jiap.
"Bu ularga öz investitsiyalarini kengaytiriş, bandlikni qöllab-quvvatlaş, özlari va qöl ostidagi xodimlari uçun barqaror daromadlarni qölga kiritişga imkon yaratadi", - deya qöşimça qildi u.
Hukumat OTM zayomini moliyaviy institularga qayta taqsimlab çiqadi.
Loyihada iştirok etişga qiziqiş bildirgan tijorat banklari orasida sakkiztasi tanlab olingan. Bular - Asaka banki, Davr banki, Hamkorbank, Ipak yöli banki, Ipoteka-bank, Özbekiston Respublikasining milliy banki, Turonbank va Sanoat-quriliş banki.
Qişloq xöjaligi Özbekistonning muhim sektori hisoblanadi, bandlikning 32 foizi uning hissasiga töğri keladi. Şuningdek qişloq joylarining asosiy daromad manbaidir. Ta'kidlaş joizki, mamlakat aholisining 49 foizi qişloq joylarida yaşaydi.
Özbekistonning meva va sabzavot eksperti Rossiya Federatsiyasi va Yevropa bozorlarini qamrab oliş hisobiga sezilarli darajada kengaytirilişi kutilmoqda. Biroq buning uçun boğdorçilik mahsulotlarining sifati, xavfsizlik standartlari, sertifikatlaş, saqlaş, qayta işlaş va marketing texnologiyalari tizimini yaxşilaş talab etiladi.
Özbekiston OTBga qöşilganidan (1995 yildan) buyon bank mamlakatga 5,1 milliard AQŞ dollari miqdorida zayom taqdim etgan va 64,9 million AQŞ dollarini grantlar körinişida texnik yordam sifatida ajratgan.












