Zimbabve hukumati xorijiy valyuta yetişmayotgani sababli 2009 yildan beri birinçi marta öz qoğoz pullarini muomalaga çiqardi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Ma'lum bölişiça, Zimbabve Zaxira bankining qoğoz pullari qiymati AQŞ dollarinikiga tenglaştirildi. Çiqarilgan pullarning umumiy hajmi 10 mln dollarni taşkil qildi.

Ma'lum qilinişiça, mamlakatda AQŞ dollari 2009 yilda mamlakatni giperinflyatsiya qamrab olgandan keyin işlatila boşlangan. Şundan keyin mamlakatda dollardan taşqari boşqa xorijiy valyutalar, jumladan YuAR randi va Xitoy yuani ham muomalada bölgan. 

Avvalroq Zimbabvening AQŞ dollaridan öz valyutasiga qaytişi fuqarolar tomonidan salbiy munosabatga uçragani ma'lum qilingandi.