Harri Potter haqida işlangan barça filmlar 78 daqiqali yagona videoga joylaştirildi. Wizardhood roligi Vimeo portalida joylaştirilgan. Birlaştirilgan video muallifi – Tim Stifler.
The Independent yozişiça, Joan Rouling tomonidan qalamga olingan Harri Potter haqidagi qissa keyingi avlod tasavvurida muhim örin tutadi. Bunga «Fantastik maxluqlar va ular qayerda oziqlanişadi» kitobiga bölgan qiziqişning ortişi ham misol böla oladi. Buning yorqin namunasi sifatida muxlislardan birining Potter haqidagi barça filmni bir joyga jamlaganini aytib ötiş lozim.
Gazetaning yozişiça, bu talqin 1140 daqiqali barça sakkiz filmni tomoşa qiliş uçun vaqti bölmagan muxlislar uçun juda qulay.











