Sport | 10:57 / 30.11.2016
6561
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik velosipedchi 200 metr balandlikdagi to‘siq ustidan yurib o‘tdi

Foto: road.cc

21 yashar avstraliyalik velosipedchi Fabio Uimber 200 metr balandlikda joylashgan tor to‘siq ustidan yurib o‘tganini videoga oldi. Bu haqda Road.cc xabar bermoqda.

Uimber balandligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda to‘g‘on bo‘lmish Kyolnbraynshpayxer ustidan yurib o‘tgan. Ekstremal bir necha bor muvozanatni yo‘qotadi, ammo muvaffaqiyat bilan ko‘zlagan manziliga yetib boradi.

Velosipedchining aytishicha, u rolikni bosh mukofoti 15 ming AQSh dollari bo‘lgan GoPro of the World contest tanlovi uchun yuborgan.

Mavzuga oid