Qozoğiston fuqarolari, şuningdek, respublikaga viza böyiça kirib keluvçi xorijliklar, qoçoqlar va mehnat migrantlari 2021 yildan boşlab majburiy daktiloskopiya (barmoq izlari va ularga qarab kişilarning şaxsini aniqlaş)dan ötkaziladi. Bu haqda respublika IIV rahbari Kalmuxanbet Qosimov Majlis (parlament quyi palatasi) yiğilişida ma'lum qildi. 

Uning sözlariga köra, qozoğistonliklarni daktiloskopik röyxatga oliş pasport va şaxsni tasdiqlovçi hujjatni birinçi marta oliş paytida yoki uning muddati tugaşi sabab aliştirilganda amalga oşiriladi. Şu bilan bir qatorda, 12 yoşdan kiçik bölgan bolalar röyxatga olinmaydi. 12-16 yoşdagi ösmirlarning daktiloskopiyasi faqatgina ularning roziligi bilan amalga oşiriladi. Vazirning ta'kidlaşiça, qozoğistonliklar barmoq izlarini pasportlarga joylaştiriş “ularga xorij davlatlari migratsion va çegara xizmatlari işonçini oşiradi hamda davlat çegarasidan ötiş jarayonini yengillaştiradi”.

Jarayondan boş tortgan qozoğistonliklarga nisbatan esa ma'muriy javobgarlik çoralari köriladi. Xorijliklar esa mamlakatdan çiqarib yuborilişi mumkin.