4 dekabr kuni bölib ötadigan muhim siyosiy tadbir – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz beriş huquqiga ega bölgan aholining faol iştirok etişi uçun barça şart-şaroitlar yaratilmoqda. Bu borada viloyatdagi qator korxona-taşkilotlar ham bevosita iştirok etiş xohişini bildirmoqda.
Xususan, “Samarqandtrans” markazi tasarrufiga kiruvçi korxona-taşkilotlar saylov kuni olis masofadan kelib ovoz beradigan saylovçilarga bepul xizmat körsatiş taşabbusi bilan çiqdi.
- Saylov bölib ötadigan yakşanba kuni viloyatimiz hududida “Samarqandtrans” markaziga qaraşli korxonalarning 733 ta avtobusi, 136 ta “Damas” rusumli transport vositasi va 70 ta mikroavtobusi aholining bevosita saylovda iştirok etişida bepul xizmat körsatadi, - deydi markazning yölovçi taşişni muvofiqlaştiriş bölimi mutaxassisi Ergaş Murodov. – Şuningdek, Samarqand şahrida yönalişlarda qatnayotgan 161 ta avtobus ham yurtdoşlarimizning beminnat xizmatida böladi.











