Intel korporatsiyasi uzoq yillar haydovçisiz avtomobillar yaratiş bilan şuğullanuvçi turli kompaniyalar uçun jihozlar işlab çiqarardi. Endilikda Intel'ning içida avtonom avtomobillar işlab çiqariş bilan şuğullanadigan Autonomous Driving Group guruhi şakllandi. 

Yangi bölimni kompaniyada Internet  buyumlar bilan şuğullanuvçi bölimning (IoT) sobiq rahbari Dag Devis boşqaradigan böldi. Unga Delphi kompaniyasidan Intel'ga ötgan Keti Uinter yordam beradi. IoT bölimi bilan bundan buyon ARM bölimi sobiq rahbari Tom Lanj şuğullanadi. 

Intel kompaniyasining bu qarori nimalarga olib kelişi haqida gapirişga hali erta. Kompaniya har qanday turdagi kompyuter jihozlarini loyihalaştiriş va işlab çiqariş jabhasida faol işlaşda davom etmoqda. 

Şuningdek Intel mutaxassislari mobil elektronika va Internet buyumlar bozorini faol tadqiq etişmoqda. Biroq texnologik gigant haydovçisiz avtomobillar kabi salohiyatli bozorni boy berişni istamaydi. Uning bunday maşinalarni işlab çiqarişga möljallangan yangi bölimni taşkil qilişi aynan şundan dalolat beradi.