2020 yilda Yaponiyada birinçi Butunjahon robotlar sammiti bölib ötadi. Ayti va Fukusima prefekturalari uşbu anjumanga mezbonlik qilişi haqida Yaponiya iqtisodiyot vaziri Xirosige Seko ma'lum qilgan.
"Butunjahon robotlar sammiti" jahon mamlakatlaridan keltirilgan robotlarning turli yönalişlar böyiça musobaqasini anglatadi. Umuman, insoniyat kömakçilari işlab çiqariş, xizmat körsatiş, tabiiy ofatlarga qarşi kuraş infratuzilmalari borasida kuç sinaşadi.
"Biz robotlarning kelajak jamiyatlarida qanday harakat qilişlarini va bundan turmuş naqadar özgarişini köriş niyatidamiz", — degan Seko.
Anjumanning asosiy dasturi Ayti prefekturasida bölib ötadi, tabiiy ofatlarga qarşi kuraş va oqibatlarini bartaraf etiş böyiça anjuman Fukusima prefekturasi Minamisoma şahrida taşkil etiladi.
Mazkur sammitga universitetlar, ilmiy institutlar va korxonalar taklif etiladi. Ular işlab çiqqan robotlar nafaqat mahsulot işlab çiqarişdagi imkoniyatlarini, balki uydagi jihozlarni joylaştiriş, hojatxonalarni tozalaş, mahsulotlarni peştaxtalarga joylaş va boşqa turdagi faoliyatlarini namoyiş eta olişlari kerak.
Halokatlar böyiça tayyorlangan robotlar neftni qayta işlaş zavodida röy beruvçi falokatdan söng jabrlanganlarni qidirib, qutqariş hamda tonnelda yuz bergan YTH oqibatlarini bartaraf etiş borasida kuç sinaşadi.

















