Har bir narsaga erişişda ozmi-köpmi mehnat talab qilinadi. Inson Xudoga tavakkal va duo qilib, rizq talabida harakat qilsa, albatta, noumid qaytmaydi, mehnatlari besamar ketmaydi, inşaalloh. Bibi Maryam bilan bölgan voqea haqida fikr yuritsak, bu haqiqat köz öngimizda yanada ravşanroq namoyon böladi.
Maryam onamiz Isoni (alayhissalom) dunyoga keltirar ekanlar, bir tomondan qavmdoşlarining iğvo va ğiybat qilişlaridan qörqib, boşlari oqqan tomonga yursalar, yana bir tomondan tölğoq azoblaridan qiynalib, öta ayançli bir ahvolga tuşgan edilar. Şu tariqa yurib-yurib, qurigan yoki mevasiz bir xurmo daraxtining tagiga kelib qoladilar. Undan uyoğiga yurolmaydilar. Şunda Alloh taolo Jabroil (alayhissalom) orqali Maryamga bunday amr qiladi:
وَهُزِّي إِلَيْكِ بِجِذْعِ النَّخْلَةِ تُسَاقِطْ عَلَيْكِ رُطَبًا جَنِيًّا
«Mana şu xurmo daraxti tanasini silkitgin, u senga yangi xurmo donalarini taşlar!» (Maryam, 25).
Mufassirlar söziga köra Maryam onamiz şu tobda endigina közlari yorib, Isoni (alayhissalom) dunyoga keltirgan va öta zaif va bemajol holda mazkur daraxt tanasiga suyanib ötirgan edilar. Alloh taolo u kişiga karomat tarzida haligi mevasiz xurmo şohlarida sarxil pişgan mevalarni paydo qiladi, şundoq yonlarida esa zilol suvli ariqçani jildiratib oqizib qöyadi.
«Mana şu xurmo daraxti tanasini silkitgin, u senga yangi xurmo donalarini taşlar!» deb buyuradi. Odatda daraxt tanasini qimirlatib, meva tuşiriş uçun katta kuç talab qilinadi. Şu bois, odamlar daraxtni pastidan emas, tepa tarafidan, biror söyil yordamida yoki şox tepasiga çiqib silkitişadi. Lekin Maryam onamizga nifos vaqtidagi darmonsizlik holatida toki oldiga meva tuşib, ulardan yeyişlari uçun daraxtni silkitiş talab qilindi. Holbuki, mevasiz daraxtda bir zumda şiğil mevalarni paydo qilib, daraxt ostidan bir onda buloq çiqarib bergan Zot öşa mevalarni Maryam onamizning şundoq kaftlarida paydo qilişga ham qodir edi. Biroq unday qilmasdan daraxtni silkitişga buyuradi.
Bunda nima hikmat bor? Bunda biror natijaga erişiş uçun sabablarni işga soliş, qandaydir mehnat qiliş lozimligiga işora bor. Inson heç bölmasa, nimanidir «silkitişi» kerak, qandaydir harakat qilişi kerak, ana şunda harakatiga barakot beriladi, inşaalloh. Lekin «olma piş, oğzimga tuş» qabilida yotaversa, tayyor narsadan ham quruq qolişi mumkin. Mazkur qur'oniy qissada juda katta ibrat va saboq yaşiringan. Harakat bir sabab, beruvçi esa Alloh taolodir. Bu Allohning foniy dunyodagi qonuni. Lekin inson heç qanday sababni işga solmay, hatto duo ham qilmay, harakatsiz ötiraversa, nima uçun Alloh aynan öşa dangasa va erkatoy bandasi uçun tabiiy qonunlarni buzib, mö'jiza körsatişi kerak?












