Avstriyaning Bexaymkirxen (mamlakatning şimoli-şarqida, Quyi Avstriya yerlari) hududida joylaşgan uylarning biridan politsiya 6 nafar kişining jasadini topgan. Bu haqida Kleine Zeitung naşri ma'lum qildi.
Marhumlarning barçasi bir oila a'zolari bölganligi aniqlandi: keksa yoşli ayol, uning qizi va öğli, şuningdek 3 nafar nevarasi (qizining farzandlari). Voyaga yetmagan qurbonlar 7-10 yoş atrofida. Dastlabki ma'lumotlarga köra, 3 bolali ayol barça oila a'zolariga qarata öq uzgan va şundan keyin öz joniga suiqasd qilgan.
Ayolni bunday qilişga nima majbur qilgani oşkor etilmagan. Psixiatr Raynxard Xallerning sözlariga köra, ayol kişi bunday qotillikni kamdan-kam hollarda sodir etadi, şunday ekan, gap vaqtinçalik "aqldan oziş" haqida ketayotgan bölişi mumkin.
Manbaga köra, oila sönggi 20 yil davomida şu uyda yaşab kelgan. Qöşnilarning sözlariga köra, ular şu yillar içida hayotdan köz yumgan qarindoşlar orasida janjal çiqqanini eslay olişmaydi.












