Xohlagan bandasiga qiz farzand bergan va hohlagan bandasiga öğil in'om etgan yoki ularni öğil va qiz qilib aralaştirib bergan va hohlagan bandasini bepuşt qilib yaratgan Alloh taologa hamdu sanolar bölsin! 

Bizning Sayyidimiz «Bolalaringizga odob bering va odobini çiroyli qiling» deb nasihat qilgan Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamga, u kişining oila a'zolariga va ergaşişlik va hidoyat topişlik yulduzlari bölgan aşobi kiromlarga durudu salovotlar bölsin. 

Farzand – Allohning sanab adoğiga yetib bölmaydigan ne'matlari içidagi bir ne'matdir. U dunyo hayotining ziynatidir. 

Farzand qalb rayhonasi, gulidir. Yoşlik çoğlarida ularni erkalab könglimiz huzur qiladi. Katta bölganlarida yordamlaridan bahramand bölamiz. Vafot qilganimizdan keyin esa ularning sa'y-harakatlari tufayli nomai a'molimizdagi savoblarimiz ziyoda böladi. 

Alloh taolo Özining Kitobida farzandlar dunyo hayotining, oila turmuşining ziynati ekanini ta'kidlaş bilan birga bolalar sababidan ota-onalarga yuklanadigan burç va mas'uliyatlarni ham eslatadi:

«Ey, imon keltirganlar! Özlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilğisi odamlar va toşlar bölmiş dözaxdan saqlangiz...». (Tahrim surasi, 6-oyat)

Ota farzandlariga özining otasiga yaxşilik qiliş bilan örnak bölmoği, ularni öz jonidan ham aziz körmoği lozim. Şundagina farzand otasining tutgan yölidan yuradi, undan ta'sirlanadi, şu holatda unib-ösadi.

Alloh subhanahu va taolo barça mavjudotlari kabi insonni ham juft qilib yaratgan. Şuning uçun ham odamzod ilk Payğambar Odam alayhissalom va uning jufti haloli Momo Havvodan boşlab Allohning amri ila juft-juft bölib yaşaydilar, naslining davom etişi haqida boş qotiradilar. Keyinçalik oila degan aziz bir qasr paydo böldiki, u odamlarning faroğat va xotirjamlik, sadoqat va farovonlik makoniga aylandi.

Oila – har bir jamiyatning boşlanğiç hujayrasi hisoblanadi. Oila mustahkam, tinç, halol va pok bölsa, jamiyat ham osoyişta, mustahkam va farovon böladi. Aksinça, oilalarda parokandalik, notinçlik bölsa, halol va haromning farqi qolmasa, öşa jamiyat buziladi, tinçi yöqoladi, oqibatda tanazzulga yuz tutadi.

Şu boisdan eng mukammal din bölmiş Islom oilaning pokligi, kamoloti, osoyiştaligiga hamişa katta e'tibor bilan qarab keladi. Oilaning boş hujjati sanalmiş nikohni inson munosabatlari içida eng muqaddas aloqa, deb hisoblaydi. Nikohsiz aslo oila böla olmasligini qayta-qayta ta'kidlaydi.