Peruning janubiy hududlarida kuçli zilzila röy berdi. Reuters agentligining AQŞ geologiya xizmatiga tayangan holda xabar qilişiça, uning kuçi 6,3 ballni taşkil etgan.
 
Zilzila markazi Xulyaka şahridan 45 km şimoli-şarqda 3 kmlar çuqurlikda bölgan. Earthquake Track portali xabariga köra, ofat mahalliy vaqt bilan 17:40lar atrofida röy bergan. 

Mamlakat fuqaro mudofaasi milliy instituti Twitter sahifasida ma'lum qilişiça, zilzila tufayli binolar vayron bölgan. 

«Xabarlarga köra, Lampa viloyatida 8 ta uy vayron bölgan, Paratiya okrugida 40ta uyga talofat yetgan. Odamlar xavfsiz joylarga köçirilgan», — deyiladi xabarda.