Fuqaro Ş.Zoyirovning arizasi böyiça ötkazilgan tadbirda Zarafşon şahar IIB tergov bölimi tergovçisi lavozimida işlab kelayotgan Murod Anorboyevning (ism-familiyalar özgartirilgan) qilmişi foş etildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Içki işlar xodimi bölgan M.Anorboyev fuqaro Ş.Zoyirovni aldab, undan davlat çegarasidan çiqişi uçun qöyilgan taqiqni olib taşlaş evaziga 200 AQŞ dollari berişini talab qiladi. Ş.Zoirov uning taklifiga könadi va 150 AQŞ dollarini kelişilgan manzilda unga beradi. M.Anorboyev pullarni çöntagiga solişga ulgurmadi. U voqea joyida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işlari böyiça Zarafşon şahar sudi M.Anorboyevga nisbatan jazo tayinlab, hukm öqidi.