YouTube tarmog‘ida Tom Kruz ishtirokida suratga olingan «Mumiyo» blokbasterining ilk tizeri paydo bo‘ldi.

Kartinaning bu galgi bosh qahramoni AQSh harbiy dengiz kuchlarining a'zosi. U terrorchilar guruhidan yashirinib, bunkerga kiradi va u yerda sirli mumiyoga duch keladi.

Mumiyo rolini Kingsman filmi yulduzi Sofiya Butella ijro etgan.

Film 2017 yilning 8 iyun kuni katta ekranlarga chiqadi.