Gambiya prezidenti Yahyo Jamme davlat rahbari saylovlarida mağlub bölgani va iste'foga çiqişga roziligi haqida ma'lum qildi. U mamlakatni 22 yil boşqarib, oxir-oqibat qirol böliş niyati borligi haqida ma'lum qilgandi, deb xabar beradi BBC.
Jamme öz vazifasini topşiriş va ötiş davrida yangi saylangan prezident Adam Berrouga yordam berişga tayyorligini bildirdi. BBC’ning ta'kidlaşiça, bu iş amalga oşadigan bölsa, Gambiya tarixida birinçi marotaba hukumatni tinç yöl bilan beriş holati amalga oşadi.
Eslatib ötamiz Gambiyadagi prezidentlik saylovlari 1 dekabr kuni ötkazildi. Unda 51 yoşli Beroou 45,5 foiz ovoz olgan bölsa, Jamme saylovçilarning 36,7 foiz ovozini töpladi.
Ma'lumot uçun, Yahyo Jamme Gambiyada 1994 yilda harbiy töntariş oqibatida hukumat tepasiga kelgan. U 1996 yilda mamlakat prezidenti bölib, bir neça bor qayta saylangan. Avvalroq, Jamme davlatni “milliard yil” boşqariş istagida ekanini ma'lum qilgandi. 2010 yilda esa qirol böliş niyatini bildirgan.
Yangi saylangan prezident Adam Berrou esa Gambiyada 1965 yilda tuğilgan bölib, 2000 yillarda Londonga köçib ötib, u yerda qöriqçi bölib işlagan. Berrou 2006 yilda mamlakatga qaytib kelib, özining rieltorlik agentligini taşkil qilgan.













