FIFA mavsumning eng yaxşi futbolçisiga topşiriladigan «Oltin töp» mukofotiga da'vogarlarning yakuniy uçligini ma'lum qildi. 

Mavsumning eng yaxşi böliş uçun da'vogarlar qatorida endilikda "Real" hujumçisi Kriştianu Ronaldu, "Atletiko" hujumçisi Antuan Grizmann va  "Barselona" hujumçisi Lionel Messi qolmoqda.

Serxio Aguero (Argentina, "Mançester Siti"), Garet Beyl (Uels, "Real"), Janluidji Buffon (Italiya, "Yuventus"), Kevin de Breyne (Belgiya, "Mançester Siti"), Zlatan Ibrahimoviç (Şvetsiya, "Mançester Yunayted"), Andres Inesta (Ispaniya, "Barselona"), Ngolo Kante (Fransiya, "Çelsi"), Toni Kroos (Germaniya, "Real"), Robert Levandovski (Polşa "Bavariya"), Riyoz Mahrez (Jazoir, "Lester"), Luka Modriç (Xorvatiya, "Real"), Manuel Noyyer (Germaniya, "Bavariya"), Neymar (Braziliya, "Barselona"), Mesut Özil (Germaniya, "Arsenal"), Dimitri Payye (Fransiya, "Vest Hem"), Pol Pogba (Fransiya, "Mançester Yunayted"), Serxio Ramos (Ispaniya, "Real"), Aleksis Sançes (Çili, "Arsenal"), Luis Suares (Urugvay, "Barselona"), Jyeymi Vardi (Angliya, "Lester") kabi futbolçilar birinçi bosqiçdan keyin da'vogarlar röyxatini tark etgan.

Eslatib ötamiz, şu yildan yilning eng yaxşi futbolçisiga «Oltin töp» France Football topşiriladigan böldi.

France Football jurnali 1956 yildan boşlab «Oltin töp» mukofotini eng yaxşi futbolçiga topşirib kelgan edi. 1988 yilda esa FIFA «Yil futbolçisi» mukofotini joriy etdi.

2010 yilda jurnal tahririyati va FIFA beş yillik şartnoma imzolagan edi. Unga köra, FIFA milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va OAV vakillari ovozi orqali «Oltin töp» mukofotini topşirib borişi közda tutilgan edi.

«Oltin töp» mukofotini FIFA topşirişni boşlaganidan buyon unga faqatgina ikki futbolçi — «Barselona» hujumçisi Lionel Messi (2010, 2011, 2012, 2015) hamda «Real» yetakçisi Kriştianu Ronaldu (2013, 2014) qölga kiritgan.