Şvetsiyada yil böyi xizmat körsatadigan, muzdan işlangan dunyodagi birinçi mehmonxona oçildi. Bu haqda Highsnobiety portali xabar bermoqda.
Icehotel 365 deb nomlangan bu mehmonxona Turneelven daryosi yonida, Şimoliy qutb aylanasidan 200 km uzoqlikda joylaşgan. Umumiy maydoni 195 kvadrat metr bölgan mehmonxonada 21 ta xona, bar va suratlar galereyasi bor.
Muz mehmonxonani yaratiş uçun Turneelvendan 30 ming litr suv kerak bölgan. Uni yaratişda butun dunyodan haykaltaroşlar iştirok etgan. Mehmonxona yil böyi xizmat körsatadi: u issiq kunlarda muzlatuvçi qurilmalar yordamida muzlatib turiladi.

Muz mehmonxona xonalari içidagi harorat 5-8 gradus miqdorida uşlab turiladi. Mehmonlar sovqotib qolmasliklari uçun ularga issiq yotoq qoplari beriladi. Uşbu antiqa mehmonxonada qoliş kuniga 2450 şved kroni turadi.
Bu muz mehmonxonasi 1989 yildayoq paydo bölgan. Biroq 2016 yilgaça uni har qişda boşqatdan barpo etişga töğri kelingan.
Rossiyada mart oyida Kamçatkada birinçi iglu-mehmonxona oçilgandi. "Toğli hudud" deb nomlangan majmua töliq qordan yasalgan bir neçta mehmonlar xonasidan iborat. Ta'kidlanişiça, bu mehmonxona 2 haftada 50 taşrif buyuruvçini qabul qilgan.






















