Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk sun'iy yo‘ldoshi Göktürk-1’ning uchirilishini kuzatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Anadolu.
Ta'kidlanishicha, sun'iy yo‘ldosh 5 dekabrda uchiriladi. U Frantsuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchiriladi.
Erdo‘g‘an sun'iy yo‘ldosh uchirilishini videoanjuman tartibida kuzatadi.
Göktürk-1 Turkiya qurolli kuchlarini Yer sirtining yuqori sifatli suratlari bilan ta'minlaydi.
Sun'iy yo‘ldoshning Yer atrofida aylanishi davri 90 daqiqani tashkil qiladi. Fransiyada ishlab chiqarilgan sun'iy yo‘ldosh Yerga yiliga 60 mingdan ko‘proq surat yuboradi.











