Facebook kompaniyasi Snapçat’ni sotib olişga bir neçta muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin servisning ba'zi funksiyalaridan nusxa köçirişni davom ettirmoqda. Biroq bu nusxa köçirilgan funksiyalardan hali birortasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarida iştiyoq uyğotmadi, deb xabar bermoqda VentureBeat.
Biroq Facebook özinikidan qolmayapti. Bu gal ijtimoiy tarmoq Snapchat Discover’ni eslatuvçi funksiyani tatbiq qiliş ustida işlamoqda. Bu ommaviy auditoriya uçun maxsus kanal bölib, uning yordamida Snapchat özining CNN va BuzzFeed kabi media-hamkorlari kontentini çop etadi. Facebook’ga bu ğoya yoqqan va endi şunga öxşaş funksiyani yaratişga urinmoqda.
Agar kompaniya bu funksiyani tatbiq qila olsa, unda bir öq bilan ikkita quyonni uradi. Birinçidan, uning media-hamkorlari öz auditoriyalarini kengaytiriş uçun ijtimoiy tarmoqning yangiliklar tasmasiga yanada köproq işonç bildiradi. Ikkinçidan, bu ijtimoiy tarmoqqa "soxta" maqolalarga bildirilgan tanqid bilan kuraşişga yordam beradi.
Ta'kidlanişiça, ijtimoiy tarmoq yaratayotgan Collections nomli kanal işonçli yangiliklarni çop etiş uçun ajoyib usul böladi va foydalanuvçilar tasmasida muhim örin egallaydi.












