Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin Tayvanning istalgan shakldagi mustaqilligiga qarshi kurashishga qodirligini ma'lum qildi
Xitoy AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Tayvan prezidenti Tsay Inven bilan suhbatlashgani sababli AQShga keskin norozilik bildirdi. Bu haqda Xitoy davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha devonxonasi vakili An Fenshan ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, Pekin kelgusida ham "yagona Xitoy" tamoyiliga amal qiladi.
"Biz Tayvanning istalgan shakldagi mustaqilligiga qarshi milliy birlashish jarayonini ilgari surish orqali kurasha olishimizga ishonamiz va qodirmiz", deb aytgan Fenshan.
Fenshanning aytishicha, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Trampning Tayvan rahbari suhbatini Tayvanning "kichkina nayrangi" deb atagan.
Avvalroq Tayvan Xitoyni Tramp va Inven suhbatiga "osoyishta" munosabat bildirishga chaqirgandi.
Tramp va Inven o‘rtasidagi suhbat 3 dekabrda bo‘lib o‘tdi va 1979 yilda AQSh va Tayvan o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganidan keyingi birinchi muloqot bo‘ldi.
Bundan tashqari, Pekin barcha tomonlarni Xitoyning yagonaligi tamoyilini qo‘llab-quvvatlashga va Xitoy-AQSh aloqalariga putur yetmasligi uchun Tayvan masalasiga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirishga chaqirdi.
Mavzuga oid
12:07
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026