Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Sarvar Otamurodov lavozimini tark etdi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, u endi «Özagrosuğurta»​ aksionerlik jamiyati rahbari lavozimida iş boşlagan.

«Özagrosuğurta»​ AJga 2017 yilning avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan Saidqahhor Xolxöjayev biroz avvalroq Markaziy bank raisiga örinbosar bölgandi.

Sarvar Sadullayeviç Otamurodov 1973 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1995 yilda Toşkent davlat universitetini (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) bitirgan. 1998 yilda Özbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasini, 2003 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlar nomzodi.

U Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi böliş bilan birgalikda, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi a'zosi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari hisoblanardi.

U 2009 yili Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati etib saylangandi. 2010-2014 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi raisining örinbosari lavozimida işlagan. 2013 yilda «Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari etib saylangan.

2015 yilda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosariga aylangan, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi a'zosi edi. U bu lavozimlarini ham tark etgan.

Ma'lumot uçun, Sarvar Otamurodov 1995-2006 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valuta-iqtisod Boş boşqarmasida bölim boşliği, boşqarma boşliği örinbosari va Boş boşqarma boşliği vazifalarida işlagan. 2006-2010 yillarda Özbekiston suğurta kompaniyalarida faoliyat olib borgan.

Eslatib ötamiz, Sarvar Otamurodov Özbekiston prezidentligi uçun sobiq nomzod hisoblanadi. U 2016 yilning dekabrida ötkazilgan saylovda «Milliy tiklaniş» partiyasidan nomzod sifatida iştirok etgandi.