Ayni paytda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötmoqda, deb xabar berdi «Yuksaliş» umummilliy harakati matbuot xizmati Telegram-kanalida.
Xabar qilinişiça, deputatlar tomonidan qator taşkiliy masalalar körib çiqildi.
Jumladan, Sarvar Otamurodov Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari hamda Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi a'zosi lavozimidan ozod etildi.

Şuningdek, Hotamjon Ketmonov Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a'zosi lavozimidan ozod etildi.

Foto: ÖzXDP
Alişer Qodirov Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari etib saylandi.

Foto: Xalqaro press-klub
Eslatib ötamiz, 22 may kuni Sarvar Otamurodov Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisligidan hamda 1 iyun kuni Hotamjon Ketmonov Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisligidan ketgandi.









