Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O‘zbekiston prezidenti saylovlariga tayyorgarchilikning borishi va o‘tkazilishini kuzatish uchun kelgan Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchilari missiyasiga boshchilik qilayotgan ShHT bosh kotibi Rashid Alimov 4 dekabrda Samarqandga tashrifi vaqtida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, uning qabriga gullar qo‘ydi.
Gullar qo‘yilishi marosimidan keyin Alimov jurnalistlarning savollariga javob berish vaqtida quyidagilarni aytdi: "Islom Abdug‘aniyevich ulkan tarixiy ko‘lamdagi va ahamiyatdagi shaxs bo‘lgan. Uning nomi O‘zbekistonning zamonaviy tarixiga yangi mustaqil davlatni qurish boshida turgan inson sifatida abadiy kiritildi. U Buyuk davlat arbobi bo‘lib, suveren O‘zbekiston yangi tarixining butun davriningr timsoli. U o‘zbek xalqi taqdiri uchun burilish davrida davlat boshida turib, O‘zbekistonni o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘liga chiqardi va uni xalqaro hamjamiyatning nufuzli a'zosiga aylantirdi".
Alimov Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganining birinchi kunlaridanoq tashkilotning shakllanishi va ShHT doirasida barcha tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlikning rivojlanishiga katta e'tibor qaratganini ta'kidlab o‘tdi.
"ShHTning Toshkentdagi sammiti tashkilotning u mavjud bo‘lgan 15 yil ichidagi faoliyatining cho‘qqisi bo‘ldi va tashkilotni o‘zaro hamkorlikning va global joylashishning yangi darajasiga olib chiqdi. O‘zbekiston birinchi prezidentining Toshkent sammitining tarixiy qarorlarini ilgari surish va qo‘llab-quvvatlashdagi roli beqiyosdir. Uning nomi Shanxay hamkorlik tashkilotining tarixiga abadiy kiritilgan", deb ta'kidlab o‘tdi Alimov.
ShHTning O‘zbekiston prezidenti saylovlariga tayyorgarchilikning borishi va o‘tkazilishini kuzatish uchun kelgan missiyasi 2016 yil 29 noyabrda o‘z ishini boshladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
Jamiyat | 20:21
-
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
Jahon | 20:02
-
"Ha – yo‘q" radioo‘yini muallifining armonlari
Jamiyat | 19:35
Mavzuga oid

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025