Amerikaning Coca-Cola kompaniyasi Kambodja poytaxti Pnompen şahrida 100 mln dollar kapital kiritiladigan yangi zavod oçadi. Bundan maqsad Janubi-Şarqiy Osiyodagi işlab çiqariş quvvatini oşirişdan iborat. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Kambodja boş vaziri Xun Senning ma'lum qilişiça, zavod şahar çetidagi 12 ga maydonda, maxsus iqtisodiy zonada barpo etiladi. Buning natijasida 817ta işçi örin paydo böladi.
Xun Senning qöşimça qilişiça, Kambodjaga köproq fuqarosini öqitişi uçun infratuzilmalar va arzon elektr ta'minoti kerak böladi.











