Villa Vie Odyssey kruiz kemasi dunyo böylab sayohatini töxtatdi va yuzlab yölovçilarni Kambodjaga tuşirdi. Kema operatori AQŞning Eron bilan uruşi fonida yoqilği narxi oşgani sababli sayohatni davom ettira olmasligini bildirgan.
27-oktabr kuni layner egasi bölgan Amerikaning Villa Vie Residences kompaniyasi faoliyatini qayta taşkil etişini maʼlum qildi. Yölovçilar uçun sohilda «vaqtinça yaşaş joylari» qidirilişi boşlangan.
Kompaniya izohiga köra, fevral oyida uruş boşlanganidan keyin yoqilği sarfini kamaytirişga harakat qilingan – jumladan, layner tezligini pasaytiriş va portlarda töxtaşlarni köpaytiriş orqali. Ammo bu çoralar narxlar «favqulodda» ösişini qoplaşga yordam bermagan. Villa Vie Residences maʼlumotlariga köra, Osiyoning ayrim hududlarida bir kayuta uçun yoqilği xarajatlari oyiga 1,8 ming dollardan 8 ming dollargaça oşgan. Natijada kompaniya endi qoplay olmaydigan zararlarga duç keldi.
Villa Vie Odyssey – 755 kundan buyon dunyo oşa sayohatni amalga oşirayotgan layner. Kema 2024-yil oktabrida Şimoliy Irlandiyaning Belfast şahridan yölga çiqqan va ötgan vaqt mobaynida dunyoning 147 mamlakatida bölgan. Yölovçilarga dunyo böylab «uzluksiz» sayohat vaʼda qilingandi. Ularga bortdagi kayutalarni uzoq muddatga ijaraga oliş yoki hatto doimiy yaşaş uçun 120 mingdan 440 ming dollargaça bölgan narxlarda sotib oliş taklif qilingan.
Layner bortida restoranlar, kafe va barlar, klub hamda konsert maydoni, kutubxona, biznes-markaz, hovuz, fitnes-markaz, spa-saloni, öyinlar uçun maydon, şuningdek, kiçik tibbiyot markazi ham bor.
Kema jami 650 kişiga möljallangan. Ammo, Kambodja rasmiylariga köra, Sianukvil şahridagi portga kelganida uning bortida 203 nafar yölovçi hamda ekipajning 156 nafar aʼzosi bor edi. Ayrim yölovçilar allaqaçon mamlakatdan uçib ketişgan, boşqalari esa layner suzişni davom ettirişidan umid qilib Kambodjada qolmoqda.

















