3 avgust kuni AQŞning Los-Anjyeles şahrida ötkaziladigan jang oldidan uşbu bahsni translatsiya qiladigan DAZN telekanali promo rolik tayyorladi. Unda 29 yoşli özbekistonlik va 36 yoşli amerikalik boksçilarning bu janggaça faoliyati sahnalaştirilgan.

«Krouford va Madrimov afsonaviy jangda töqnaş kelişadi. Aminmanki, bu jang yengilmas Krouford uçun ham faoliyatidagi eng qiyin sinovlardan biriga aylanadi», - deya yozadi Saudiya Arabistoni köngiloçar işlar işlar böyiça departament raisi Turki aş-Şayx.

Ma’lumot uçun, amerikalik 36 yoşli çarmqölqop ustasi professional faoliyatida 40 ta jang (31 nokaut) ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongan. Yengilmas Krouford sönggi bor 2023 yil iyul oyida hamyurti Errol Spensni muddatidan avval mağlub etgandi. 

Madrimov esa şu yilning mart oyida rossiyalik Magomed Qurbonovdan ustun kelib, WBA kamarini qölga kiritdi.