Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi saylovdagi davomat böyiça navbatdagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Ovoz berişlar töxtatilgan soat 20:00 holatiga köra, Özbekiston Prezidenti saylovida ovoz bergan saylovçilar soni 17 million 941 ming 955 nafarni yoki röyxatga olingan barça fuqarolarning 87,83 foizini taşkil etdi. Bu esa 2,5 million atrofidagi saylovçi saylaş huquqidan foydalanmaganini anglatadi.

Ayni paytda Özbekistonning xorij mamlakatlarida joylaşgan qator saylov uçastkalarida ovoz beriş jarayoni davom etmoqda. Saylovning dastlabki yakunlari duşanba kuni e'lon qilinadi.