Ispaniyada buqalar iştirokidagi an'anaviy bayram Enserro vaqtida antiqa hodisa yuz berdi. Tadbirning mohiyati şundan iboratki, buqalar maxsus joydan olomon tomon çiqarib yuboriladi. Olomon esa ortidan quvayotgan buqalardan qoçadi.
Tadbirda iştirok etayotgan buqalardan biri heç kimga yeta olmagaç, hovurini bosiş uçun yöl çetida turgan avtomobilga hujum qilgan. Bu vaqtda avtomobil içida bir neça kişi, jumladan bolalar bölgan.
Internetda joylaştirilgan videoda darğazab buqadan avval kattalar va bolalar qoçayotganini, biroq qandaydir lahzada buqa odamlar ketidan "quvlayverib" çarçab, avtomobilga hujum qilib qolganini köriş mumkin. Buqa maşinaning old öng ğildiragini yaroqsiz holga keltirgaç, uning oldi qismiga "öz e'tiborini qaratgan va uni ham ayab ötirmagan".
Tösiqlar ortida turgan odamlar buqaning e'tiborini çalğitiş uçun unga qarata alvon mato ham otişgan, biroq buqa "pinagini ham buzmay öz işini davom ettiravergan". Oxir-oqibat buqa bundan "zerikib", yana odamlarni quvlay ketgan.













