Amerikaning Jorjiya ştatidagi Kobb okrugi sudyasi ikki yoşli öğlining qotilligida ayblangan erkakni umrbod ozodlikdan mahrum etdi. Bolakay yetti soat davomida maşinada qoldirib ketilgan, deb xabar beradi Assoşieyted Press.
Agentlik ma'lumotlariga köra, eşituvlar davomida prokurorlar Jastin Ross Xarris oilaviy hayot mas'uliyatidan qoçiş uçun atayin öz bolasini öldirganini ma'lum qilişgan. Himoyaçilar esa uning ölimi baxtsiz xodisa bölganini aytib ötişdi.
Avvalroq, Jorjiya ştati sudi Xarrisni öğlining ölimida aybdor deb tan olib, bolaga nisbatan öta şafqatsiz munosabatda bölganligini ham ma'lum qilgan.
Ma'lumot uçun, Xarris öğlini 2014 yilning iyunida maşinaning orqa örindiğida qoldirib ketgan. OAV ma'lumotiga köra, u işga ketib, bir kun davomida ofisda bölgan. Bola esa bu vaqt davomida avtomobilda qolgan. Öşa kuni Xarris olti nafar ayol, jumladan bir nafar voyaga yetmagan qiz bilan turli yozişmalarni amalga oşiradi. Taxminan soat 4 da u kinoteatrga film köriş uçun ketib, öğli maşinada ekanini payqab qolgan. Guvohlarning sözlariga köra, erkak juda ğazablanib, hattoki baqirgan.












