Bitta gapga qöşilaman: «Çelsi» APLda çempionlik uçun eng asosiy da'vogar. Rostan ham aynan Antonio Konte jamoasi qisqa vaqtda körsatgan öyinlari bilan bunga tez işontira oldi. Oltita öyinda birorta gol ötkazmasdan ğalaba qozongan jamoa, tuşunarliki, eng yaxşi sport formasida, öyin öxşab turibdi. Jamoa ustunlik qilib ğalaba qozonyapti. Lekin har bir jamoada bölgani kabi pasayiş davri kuzatilganda, yoki umuman öyin çiqmaganda «Çelsi» qanaqa körinişda böladi? Aynan mana şu savol oxirgi ikki öyindan oldin dolzarb bölib turgandi. Konte körsatdiki, jamoa har qanday şaroitga tayyor. Jamoa öyinni taktik jihatdan yutqazib ham natija erişa olişini isbotladi. «Tottenhem»ga qarşi birinçi bölim, «Siti» bilan butun öyinni taktika jihatdan boy bergan jamoa, natija jihatdan maksimal oçko bilan çiqib ketdi.
Albatta, «Siti»ga qarşi öyinda «Çelsi» qarşi hujumda öynadi, vaziyatlardan foydalandi, ya'ni jamoaning bu öyinga tanlagan taktikasi şunaqa edi, deyişingiz mumkin. Lekin londonliklarning birinçi goligaça bölgan vaziyatlarni körib çiqsak, bunday xulosaga kelmaymiz. «Mançester Siti» himoyaga yotib olgan jamoa mudofaasini yorib ötişga, vaziyat yaratişga qiynalmadi. Gvardiola jamoasida hammasi öxşadi. Vaziyatlar yaratildi. Raqib himoyasidagi qöpol xatolardan foydalaniş imkoniyati böldi. Lekin ulardan foydalanişda jamoaga omadmi, bilmadim xullas, yakun yetişmadi. Gap bu yerda faqatgina «Siti»ning vaziyatlar yaratganida emas, balki maqtalgan «Çelsi» himoyasini bir neça marta osonlik bilan buzib ötganida, golli vaziyat yaratgandayam yuz foiz gol bölişi kerak bölgan vaziyatlarga ega bölganida. De Bryuyne yoki Agueroda yuzaga kelgan vaziyatlarni eslang. Sönggi zarbadan boşqa hammasi ideal körinişda amalga oşirildi. Faqat şunçaki töp darvozaga kiritilmadi. Agar öşa gol bölişidan köra, bölmasligi qiyinroqdek köringan vaziyatlardan Gvardiola jamoasi foydalanganda bugungi maqolamizda Konte sözi bu qadar köp işlatilmasdi, menimça.
Raqib vaziyatlardan foydalana olmagani bu «Çelsi»ning aybi emas. Kontening yutuği ham şunda ediki, jamoa mana şunday holatga tuşib qolganida (plyus hisobda ortda qola turib) ham öziga kelişni uddaladi. Kerakli natijani qölga kirita oldi.
Öyin çizmasi
Endi bevosita öyin içiga kirişga harakat qilamiz. Konte kutilganidek öziga 7 uçraşuvdan buyon ğalaba keltirayotgan öyin uslubida uçraşuvni boşladi. Birgina «syurpriz» maydonga tuşa olmasligi ma'lum bölgan Matiç örnida Fabregas paydo böldi. Xosep Gvardiolaning asosiy öyin ğoyalarida 4-3-3 çizmasidan foydalanişiga qaramay, bu safar jamoa raqibdan kelib çiqib unga kontrtaktika rejasi böyiça 3-4-3 sxemasidan foydalandi. Bu Gvardiolaning APLda bor-yöği ikkinçi marta qöllayotgan uslubi bölsa ham, muhim öyinda Pep tavakkalga borişdan çöçimadi. Hozirça butun jamoada ikkitagina haqiqiy markaziy himoyaçiga ega bölgan Gvardiola uçinçi markaziy himoyaçi roliga mavsum boşidan buyon köp foydalanayotgani Aleksandr Kolarovdan foydalandi.













