KEA dökonlarining operatori sanaluvçi IKEA Group Niderlandiyaning Inter IKEA Holding muhim bölinmalarini 5,2 milliard yevroga sotib yubordi. Bu ösiş hajmini tiklaş maqsadida amalga oşirilgan, deb xabar berdi Reuters.

«Kontseptsiya va amaldagi tuzilma 1980 yillar avvalida taşkil qilingandi. U umuman boşqa davr bölgan. Hozirgi paytdagi eng asosiy maqsadimiz - ösiş darajasini oşiriş va mijozlarimizga sifatli xizmat körsatişdan iborat», - deya ma'lum qildi Inter IKEA boş direktori Torbern Loof.

Uning qöşimça qilişiça, bunday kelişuv juda kerak bölgan.

Ma'lum bölişiça, Inter IKEA taşabbusi bilan amalga oşirilgan kelişuv IKEA Group daromadini 5,4 milliard dollarga oşiriş imkonini berdi.