Norvegiya qirğoqlarida içida töqqiz yil avval yozilgan maktub bölgan şişa idiş topildi. Taxminan ming kilometr masofani bosib ötgan noma yölga çiqarilganidan 11 yil ötib öqilgan. Islandiya davlat teleradioeşittiriş xizmatining xabar berişiça, butilkani topib olgan norvegiyalik ayol ijtimoiy tarmoqlarda xat muallifini izlab topgan.

"Mening ismim Dagnyu Lilya Arnarsdottir. Men töqqiz yoşdaman va 1995 yilda tuğilganman. Islandiyaning Akyureyrisida yaşayman. Rasm çizişga qiziqaman. Bu xatni yuboriş vazifasi bizga maktabda berilgan. Agarda uni topsangiz – telefon orqali ota-onamga murojaat qiling", - deb yozilgan nomada. 

Joriy yilda 21 yoşga tölgan Dagnyu esa yuborilgan xat allaqaçon yodidan çiqib ketganini va hattoki öz rasmlari, imzosini ham tanimaganini aytib ötdi.

"Xatim töqqiz yildan keyin topilgani ajoyib holatdir. Biroq uni körib qolgan ayolning Facebook orqali men bilan boğlangani – haqiqiy mö'jiza", - deb yozdi Dagnyu ijtimoiy tarmoğidagi öz sahifasida.

Ma'lumot uçun, şişa idişlar içida xat jönatiş – Islandiya aholisi orasida ommalaşgan maşğulotdir.