16:23 / 07.12.2016
16706

Video: Britaniyalik futbolchi penaltini amalga oshirishning yangi usulini ko‘rsatdi

"Suonsi" jamoasining afsonaviy futbolchisi Li Trandl penalti tepishda yana bir ayyorona usulni namoyish qilib berdi.

U to‘pga yugurib kelish o‘rniga to‘p oldiga kelib, uni nuqtaga to‘g‘rilamoqchi bo‘lgandek harakat qiladi va qo‘lini to‘pdan uzar-uzmas to‘pni darvoza to‘riga yo‘naltiradi. Bu holatda esa darvozabon joyidan qimirlashga ham ulgurmaydi.

Top