«Milan» klubi Xitoyning Sino-Europe Sports konsorsiumiga sotiliş işlari bahorga qoldirildi. Klub xöjayini Silvio Berluskoni savdo 13 dekabr kuni amalga oşirilişini rejalaştirgandi, ammo sotiş işlari bahorga qoldirilgan.
Associated Press naşri tarqatgan xabarga köra, kelişuv 2017 yilning 3 mart kuni amalga oşişi mumkin. Buning sabablari oşkor qilinmagan.
Qöşimça qilinişiça, jarayonni töxtatib turgani uçun Sino-Europe Sports 100 mln yevro miqdorida qöşimça depozit tölaydi.
Qayd etiş kerakki, kelişuv şu yilning yozidayoq yopilişi kutilgandi, keyin kuzga qoldi, keyin esa 13 dekabrga köçirilgandi. Lekin xitoyliklar qoğozbozlik bilan boğliq muammolar tufayli kapital olib kira olişmayapti.
Kelişuvga köra, xitoyliklar hamda Berluskonining Fininvest kompaniyasi jamoani birgalikda boşqaradi. Kelişuv qiymati 740 million yevroga baholangan. Hozirda Berluskoni «Milan» aksiyalarining 99,93 foiziga egalik qiladi.
Bundan oldinroq, Silvio Berluskoni agar klub sotilmaydigan bölsa, yangi yönaliş olişini aytgan edi.
«Milan» 15 tur öyinlaridan keyin Italiya çempionatida uçinçi örinda bormoqda. Jamoa oxirgi marta 2010/11 yilgi mavsumda çempion bölgan.












