Özbekiston hukumati rasmiysi sönggi paytlarda Özbekistonda xitoyliklar köpayib ketayotgani, göyoki Özbekiston yerlari Xitoyga ötib ketayotgani haqida tarqalayotgan turli xabarlarga munosabat bildirdi.

Boş vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov uşbu xabarlar yuzasidan Kun.uz ga bergan izohida Özbekiston avvalgidek yopiq davlat emasligini ta’kidlab, odamlardan biroz toqatli bölişni, turli yolğon yoki provokatsion axborotlarga uçmaslikni söradi.

«Hozir butun dunyoda investitsiyalarning köçişi kuzatilmoqda. Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan Özbekistonda iqtisodiyot rivojlanyapti. Oçiq va pragmatik siyosat olib borilyapti. Mamlakatga köplab sarmoyadorlar kirib kelmoqda. Albatta, bu rivojlanayotgan davlat uçun normal jarayon.

Qolaversa, mamlakatimizga nafaqat Xitoy, balki boşqa davlatlardan, masalan, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Malayziya kabilardan ham köplab investorlar hamda tadbirkorlar kelib, faoliyat yuritmoqda.

Şu jumladan, özbekistonlik tadbirkorlar yoki migrantlar turli davlatlarda, xususan, Xitoyda ham faoliyat yuritmoqda. Hozir dunyoning istalgan mamlakatida özbek mahallalaridan tortib, özbek tilida yozilgan nomlari magazin va milliy oşxonalarigaça topiş mumkin.

Xitoy masalasiga kelsak, aholi soni böyiça dunyoda yetakçi, hatto Ğarbiy Yevropa, Şimoliy Amerikada katta diasporalar bor. Lekin heç kim ularning xavfi borligi töğrisida gapirmaydi. Şunday ekan bu borada heç qanday xavotirga örin yöq. Bu xuddiki markazlaşgan holda uçinçi tomonning manfaati bilan boşqarilayotgan manipulyatsion kampaniyaga öxşaydi. Şuning uçun yurtdoşlarimizdan provokatorlarning turli manipulyatsiyalariga işonmaslikni söraymiz.

Xitoy Özbekistonning tarixiy va yaqin hamkori hamda strategik şerigidir. U bizning hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimizni hurmat qiladi hamda qat’iy qöllab-quvvatlaydi. Hatto bu böyiça alohida şartnoma ham imzolangan. Ya’ni, bundan vahima kötarişga asos yöq.

Yana bir misol: Özbekistonda tahsil olayotgan talabalar orasida hindistonliklar ham köpçilikni taşkil qiladi. Bugungi kunda, agar adaşmasam, olti ming nafardan ziyod hindistonlik aynan Özbekiston OTMlarida tahsil olmoqda. Lekin bu degani Özbekistonni hindlar egallab oladi, degani emas-ku!

Qaytaraman, Özbekiston avvalgidek yopiq davlat emas. Odamlardan biroz toqatli bölişni, turli yolğon yoki provokatsion axborotlarga uçmaslikni söraymiz», dedi Bekzod Hidoyatov.