Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi.
Mudofaa vaziri Q.Berdiyev va boşqalar Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida Konstitutsiyamizga muvofiq mutlaqo yangi Qurolli Kuçlarni taşkil etiş böyiça kölami va mohiyatiga köra ulkan işlar amalga oşirilganini ta'kidladi. Bu borada harbiy boşqaruv tizimi yaratilib, turli qöşinlarni muvofiqlaştitiriş va ularning birgalikdagi harakatini ta'minlaş mexanizmi yölga qöyildi, harbiy xizmatçilarni tayyorlaş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni yaxşilaşga doir çoralar körildi.
Mazkur tub özgarişlar mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va çegaralarimiz daxlsizligini ta'minlaşga qodir zamonaviy milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va safarbarligini oşirişga xizmat qilmoqda. Özbekiston Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilari öz kasb mahoratini oşirib, milliy manfaatlarimizni himoya qiliş, yurtimiz tinçligi va barqarorligini ta'minlaş borasida xizmat burçini bajarişda mardlik, jasorat va fidoyilik körsatmoqda.
Tadbirda Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016 yil 25 avgustdagi “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qiliş organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi farmoniga muvofiq, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oşirişda katta hissa qöşgan bir guruh harbiy xizmatçilarga davlatimizning yuksak mukofotlari topşirildi.
– Har bir harbiy xizmatçi Vatani va xalqi oldidagi burçi va mas'uliyatini teran anglaydi, – deydi Toşkent harbiy okrugi qömondoni örinbosari, II darajali “Şon-şaraf” ordeni sohibi O.Ismoilov. – Harbiylarimizning jipsligi, burçimizni ado etişimiz uçun zarur barça şaroit yaratilgani samarasida Vatanimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlaşda muvaffaqiyatlarga erişmoqdamiz.
Tadbir bayram konserti bilan yakunlandi.











