Ma'lumki, 7 dekabr kuni Indoneziyaning Açex provinsiyasida kuçli zilzila röy berdi. U yerdagi qutqaruv operatsiyasida 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatçilar, politsiya xodimlari va qutqaruvçilar iştirok etmoqda. "Omon qolganlarni topiş imkoni u qadar katta emas", - deydi tabiiy ofatlarning oldini oliş milliy agentligi rasmiy vakili Sutopo Purvo Nugroxo. The Straits Times şu haqida ma'lum qildi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, unda 102 kişi halok bölgan, 750dan ortiği jarohat olgan, bulardan 136 nafarining ahvoli oğir. Biroq qutqaruvçilarning taxminlariga köra, vayronalar ostida yana odamlar bölişi mumkin. Agentlik vakilining ta'kidlaşiça, "qidiruv işlari yetti kun davom etadi". Uning sözlariga köra, operatsiya vaqtida maxsus texnika, hususan issiqlik datçiklari qöllaniladi.
Hozirgi vaqtda taxminan 3,2 ming mahalliy aholi vaqtinçalik evakuatsiya markazlarida bölib, hukumat oziq-ovqat, suv va çodir yetişmovçiligini his qilmoqda. Sönggi ma'lumotlarga köra, 6,4 magnitudali asosiy zilziladan keyin 300dan ortiq yer silkinişi qayd etilgan. Natijada 10 mingdag ortiq bino, şu jumladan turar joylar, maktablar, masjidlar va dökonlar vayron bölgan.
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo kuni keça Banda-Açexga taşrif buyurdi, bugun davlat rahbari eng köp vayron bölgan joylarga qutqaruv operatsiyasi va qoçqinlarga yaratilgan şaroitlarni örganiş uçun yöl oladi.
2004 yilda Açex provinsiyasi yaqinida 9,1-9,3 magnitudali zilzilalar sodir bölgan. Manbaga köra, öşanda 280 mingdan ortiq kişi halok bölgan.












