Basketbolçi Maykl Jordan Xitoy oliy xalq sudida Qiaodan Sports sport kiyimlari işlab çiqaruvçisiga qarşi öz nomidan noqonuniy ravişda foydalaniş böyiça işda ğolib çiqdi, deb yozadi Bloombeg.
Sud Xitoy kompaniyasiga basketbolçi ismini brendda qöllaşni taqiqlab qöydi. Qiaodan – Jordan familiyasining xitoyça transkripsiyasidir, deb aniqlik kiritgan naşr.
«Xitoylik iste'molçilar Qiaodan Sports va uning mahsulotlari menga heç qanday aloqasi yöqligini bilişga haqlilar», - ta'kidlab ötdi Maykl Jordan.
Sport kiyimlari işlab çiqaruvçisi sud qarorini bajarişga va'da qildi, deb xabar berdi Bloombeg.
Ma'lumot uçun, basketbolçi 2012 yilning fevralida Qiaodan Sports’ni öz nomidan noqonuniy ravişda foydalangani uçun litsenziyasini olib qöyişni talab qilib sudga bergan. Ötgan vaqt davomida sudlar uç marotaba Qiaodan Sports foydasiga qaror çiqargandi.












