BMTning Suriya böyiça maxsus vakili Staffan De Mistura BMT Xavfsizlik kengaşida Suriyani tiklaş böyiça keng qamrovli xalqaro amaliyot kerakligini ma'lum qildi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Çurkin eşiklar ortida ötkazilgan maslahatlaşuvlardan söng xabar bergan.
"Maxsus vakil öz çiqişida hozirgi siyosiy tartibga soliş yöli Suriyani tiklaş böyiça haqiqatdan ham yirik va keng qamrovli xalqaro amaliyotni taşkil qiliş uçun zarurligini aytib ötdi", - dedi Çurkin.
Taxminlarga köra, mamlakatni tiklaş uçun 180 milliard dollar kerak böladi.
"Albatta, bu heç bir mamlakatning qölidan kelmaydi. Siyosiy tartibga solişsiz, siyosiy tuzum islohotisiz esa tiklaş böyiça xalqaro kampaniya amalga oşişiga işoniş muşkul", - dedi Çurkin.












