Istanbul shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning korteji YTHga uchradi. Bu haqida Hurriyet nashri xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, turk prezidentining korteji Marmara universitetiga ibodat uchun ketayotgan vaqtida YTHga uchragan.

Manbaga ko‘ra, buning natijasida to‘rt nafar kishi jarohat olgan. Dastlabki ma'lumotlarda ularning politsiya xodimlari ekanligi ta'kidlanmoqda.

Mahalliy politsiya falokat sabablarini o‘rganmoqda.