Koreya Respublikasi parlamenti juma kuni prezident Pak Kin Xega impiçment böyiça ovoz berdi. Bu uning öz xohişiga köra iste'foga çiqiş haqidagi qaroriga qaramay röy bergan. Nima uçun parlament impiçmentni yoqlab ovoz berdi va prezident qanday qilib bu holatga tuşib qoldi?
Pak Kin Xe qanday qilib hukumat tepasiga kelgan?

“Senuri” siyosiy partiyasi vakili bölgan Pak Kin Xe 2013 yilning fevral oyida respublika prezidenti lavozimini egalladi. U özining partiyadoşi Li Myon Bakni aliştirgan. Prezidentlik saylovlarida Pak saylovçilarning 51,55 foiz ovozini olib, Janubiy Koreya tarixidagi ilk ayol-prezidentga aylandi.
Kin Xening otasi Pak Çjon Xi mamlakatdagi siyosiy beqarorlikka yakun yasab bergan inqilob tepasida turgan. Şundan söng Janubiy Koreya xalqi 1963 yilgi saylovlarda uni öz prezidenti etib sayladi.
Siyosiy inqirozga nima sabab böldi?

Siyosiy inqiroz oktabrda avj olib ketdi. Janubiy Koreyaning yetakçi OAV prezidentning yaqin dugonasi Çxve Sun Sil va ikki nafar prezidentlik ma'muriyati a'zolari prezidentning içki va taşqi siyosiy qarorlariga ta'sir körsatgani haqida maqolalar çop etişni boşlab yuborişdi.
Ma'lum bölişiça, Çxve Sun Sil Kin Xe bilan 1970 yillardayoq döst tutingan.
Prezidentga nisbatan prokuraturaning tekşiruv natijalari Çxve Sun Sil va prezident ma'muriyatining ikki sobiq xodimi 50 dan ortiq mamlakat firmalarini önlab million AQŞ dollari miqdoridagi mablağni Çxve Sun Sil nazorati ostida bölgan ikki jamğarmaga ötkaziş berişga majburlaşganini körsatib berdi. Pak Kin Xe esa, prokuratura ma'lumotlariga köra, dugonasining xatti-harakatidan xabardor bölgan va ehtimol unda özi ham iştirok etgan.
Prezidentning bunga munosabati qanday böldi?

Pak Kin Xe 25 oktabrdayoq avval dugonasi bilan siyosiy masalalar böyiça maslahatlaşganini tan oldi. Uç kundan söng esa prezident öz ma'muriyatining bir neça a'zolarini işdan böşatdi. Kin Xening reytingi 5 foizga tuşib ketib, bu mamlakat tarixidagi eng past körsatkiçga aylandi.
Seulda oktabr va noyabr oylarida bir neça yirik norozilik namoyişlari bölib ötdi. Unda Kin Xeni öz lavozimidan ketişi talab qilingan. Aktsiyalarda milliondan ortiq kişi qatnaşdi.
Pak Kin Xe esa 29 noyabr kuni vanihoyat lavozimidan mamlakatda hukumatni topşiriş uçun barça kerakli siyosiy şaroitlar yaratilsa, öz xohişiga köra ketişi haqida ma'lum qildi.
Nega impiçment?

Muxolifat prezident iste'fosi yanvarga qadar amalga oşişini talab qilgandi. Bu impiçment masalasi böyiça ovoz beriş taşabbusi kötarilgunga qadar röy bergan. “Senuri” deputatlari esa Pak 2017 yilning aprelida ketişi kerakligi haqida ma'lum qilişgan.
Biroq, Milliy yiğilişdagi muxolif kuçlar 9 dekabr kungi ovoz beriş jarayonida barça kerakli ovozlarni olişga muvaffaq bölişdi.
Parlamentning 300 deputatidan 234 tasi “ha” deb ovoz bergan. Bu holatda esa 200 deputatning ovozi yetarli edi. Impiçmentga Pak partiyasining bir neça a'zolari ham yoqlab ovoz berişgani aniq – ular 128 mandatga ega.
Unga köra, prezident vakolati darhol töxtatiladi, biroq hukumatdan çetlatiş haqidagi yakuniy qaror Konstitutsion sud tomonidan ovoz beriş jarayoni natijalari tasdiqlanganidan keyin çiqariladi. Bunga esa yarim yilgaça vaqt ketişi mumkin.












