BMT Xavfsizlik kengaşi va taşkilot rahbari Pan Gi Munning talabiga köra, Gambiyaning amaldagi prezidenti Yahyo Jammeni mamlakatda ötgan prezidentlik saylovida mağlub bölganini tan olişga va 2017 yilning yanvar oyida Adam Barrouga hokimiyatni topşirişi kerak.

BMT XK tomonidan qayd etilgan bayonotda “Suveren Gambiya xalqining tanlovini hurmat qiliş, 2016 yilning 1 dekabr kuni bölib ötgan saylov natijalarini tan oliş hamda hokimiyatni saylangan yangi rahbarga topşiriş” tilga olingan.

Ma'lumot uçun: Jamme mamlakatni 1994 yildan buyon boşqarib kelmoqda. 2016 yilning 1 dekabr kuni Gambiyada bölib ötgan saylovda 36,7 foiz ovoz töpladi. Uning raqibi Adam Barrou esa 45,5 foizga ega böldi. Jamme 3 dekabr kuni mağlubiyatini tan oldi. Ammo oradan bir hafta ötgaç, saylov komissiyasining xatoga yöl qöyganini va şu bois yangi saylov ötkazişni talab qildi.