Angliyaning «Çelsi» klubi futbolçilarining ruxsat etilmagan harakatlari uçun oçkolaridan mahrum qilinişi mumkin.
APLning 14-turida «Mançester Siti»ga qarşi keçgan uçraşuv yakunida ikki tomon futbolçilari örtasida janjal yuzaga kelgandi.
Öyin oxirida Serxio Agueroning David Luizga taşlanişidan söng, maydonda kelib çiqqan janjal oqibatida hakam «Mançester Siti»ning ikki futbolçisi, Serxio Aguero va Fernandinoni çetlatgandi. Bu futbolçilar keyinçalik assotsiatsiya tomonidan 4 va 3 öyinga diskvalifikatsiya qilindi.
Bu holat videosida Fabregas avval Fernandinoning yuziga urgani, keyin braziliyalik futbolçi özini tuta olmay qolganini köriş mumkin.
Anliya futbol assotsiatsiyasi (FA) ikki klub öyinçilarining xulqi yuzasidan iş oçdi. Ammo «Çelsi» oxirgi 19 oy içida futbolçilarining xulqi uçun 4 marta jarimaga tortilib bölgan va şu sababli navbatdagi jazo çorasi sifatida «köklar»dan oçko yeçib olinişi mumkin.
Sunday Mirror xabariga köra, «Mançester Siti»ga nisbatan bunday çora közda tutilmayapti.
Ayni vaqtda «Çelsi» 14 tur öyinlaridan keyin 15 turda 34 oçko töplagan «Arsenal» bilan birinçi va ikkinçi örinlarni bölişib turibdi. Konte şogirdlari bugun «Vest Bromviç»ga qarşi öynaydi.












